Bugundan Samarqandda xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi ish boshladi

Sentyabr oyida o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan “Samarqand ruhi” loyihasi doirasida 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar Samarqand shahrida “Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi” o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu simpoziumda 7 nafar xorijiy (Rossiya, Eron, Hindiston, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston), 6 nafar mahalliy haykaltaroshlar Zarband marmaridan, metalldan va boshqa materiallardan ajoyib haykaltaroshlik namunalarini yaratadilar.
O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi Samarqand shahrining "Vatanparvar" bog‘ida bo‘lib o‘tadi.