Chustda shov-shuv: "Saratonga davo buloq chiqdi"
Namanganlik mushtariylarimizdan biri tahririyatimizga ajoyib videolavha yubordi. Unda yuzlab chelak va turli suvidishlar ko‘tarib olgan odamlarning olomon-talomon qilayotgani aks etgan, deb yozmoqda human.uz.
Mahalliy aholi vakilidan birining aytishicha, Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer dalasidan buloq chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelmoqda. Hatto qo‘shni viloyatlardan suvga kelishmoqda.
Hozircha bularning barchasi mahalliy aholi vakillarining ma’lumoti. Mazkur holat yuzasidan tahririyat mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.