Mahallalardagi aholi muammolari birgalikda hal etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofirjon Mirzayev boshchiligida vazirlik va idora rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yil 13-21 fevral kunlarida Ishtixon tumanida aholi muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar to‘liq o‘rganildi.
Mazkur ishchi guruhning Ishtixon tumanida aniqlangan aholi muammolarini bartaraf etish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan viloyatdagi har bir tuman, shahar sektorlari, tashkilotlar rahbarlari tomonidan Ishtixon tumani misolida viloyatimizning barcha hududlarida ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Past Darg‘om tumanida ham ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra og‘ir deb topilgan Do‘stlik, Qoqsoy, Yangiobod, Bog‘ishamol, Yangiqishloq, Navbahor, Shombuloq, Guliston, Yangiavlod mahalalari tanlab olinib, xatlovdan o‘tkazildi va aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, sanitariya holatlarini yaxshilash va mahalla hududini obodonlashtirishga ko‘maklashish ishlari boshlab yuborildi.
Bu ishga viloyat rahbarining ko‘rsatmasi bilan har bir mahallaga sektorlar, tashkilot rahbarlari mas’ul qilib biriktirilgan. Xususan, bizga biriktirilgan Bog‘ishamol mahallasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 5 kilometr tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizildi, 650 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, 1200 metr masofada ariq va zovurlar tozalandi, barcha xonadonlarda tomorqalar shudgor qilinib, kartoshka, sabzi, piyoz va boshqa sabzovat ekinlari ekildi. Z ta qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududning 500 metriga temir panjaralar tortildi, 1000 metr masofaga ichimlik suv tarmog‘i tortildi.
Bundan tashqari, viloyat va respublika darajasida yechiladigan muammolarni “yo‘l xaritasi”ga kiritib, hal etilish choralari ko‘rilmoqda.
S.Chorshanboyev,
Past Darg‘om tumani Xalq qabulxonasi mudiri.