Maktabga “Bobur” keldi

Narpay tumanining Oqtosh shahridagi 56-, 57-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Bobur xalqaro mukofotining sovrindori Muhammadali Abduqunduzov ishtirokida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
- Men umr bo‘yi Boburdan o‘rnak olib yashashga, unga munosib bo‘lishga intilaman. Xalqimiz mening timsolimda Mirzo Boburni ko‘rishga o‘rgangan. Zahiriddin Muhammad Bobur bag‘rikeng, mehribon, mulohazali inson bo‘lgan, - dedi M.Abduqunduzov.
Tadbirda elimiz suygan san’atkor o‘quvchilarga Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylaridan o‘qib berdi.