Narpaylik yosh musiqachilar iqtidorini namoyish etmoqda

Narpayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muhim 5 tashabbusi doirasida 13- va 27-bolalar musiqa va san’at maktablari tarbiyalanuvchilarining hisobot konsert dasturlari namoyish etildi.
Tuman madaniyat bo‘limi hamda Samarqand shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Xuddi shunday tadbirlar tumandagi madaniyat markazlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, mahallalarda ham davom etmoqda.