Noma’lum shaxslar O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida otishma sodir etdi
- 06.11.2019 11:32
- 791
- Hodisa

20 ga yaqin qurolli kishilardan iborat guruh tojik-o‘zbek chegarasida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirdi.
“2019 yil 6 noyabrga o‘tar tunda soat 03:23 da 20 nafar noma’lum shaxs o‘qotar qurollardan foydalanib, «Sultonobod» chegara otryadi harbiy qismining Ishqoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga hujum qildi”, deyiladi Tojikiston MXDQ matbuot xizmati ma’lumotida.
Kuch tuzilmalari tomonidan 15 nafar jinoyatchi yo‘q qilingan, 5 kishi qo‘lga olingan. Hujum vaqtida jinoiy guruh 5 ta o‘qotar qurolni qo‘lga kiritgan.
Voqea joyida tezkor tergov guruhi tuzilgan va so‘rovlar olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ichimlik suv tarmog‘i yangisiga almashtiriladi
- Kecha, 17:44
- Samarqand
“Dolzarb 90 kunlik” farzandlarimizga nima berdi?
- Kecha, 14:12
- Sport