O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili B.Nasriyev Samarqand tumani saylovchilar bilan uchrashdi

Ishonchli vakili nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, dasturda kuchli ijtimoiy siyosat, arzon uy-joy va sifatli kommunal xizmatlar, kafolatli va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, yoshlar uchun ta’lim kafolatlarini mustahkamlash, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi, ijtimoiy tenglikka asoslangan demokratiya, sud-huquq islohotlari kabi 9 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha aniq va manzilli taklif hamda tashabbuslar ilgari surilgan.

Ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.