Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi
- 13.09.2021 15:26
- 58
- COVID-19
Hozirgina Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi. Bundan avvalroq yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
💉 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
💉 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
💉 460 000 dozasi "Sputnik V",
💉 3 000 060 dozasi Moderna,
💉 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Farroshni emas, o‘zingizni qadrlang!
- Kecha, 16:07
- Jamiyat
“Oxranka”ni titratgan maqola
- Kecha, 15:11
- Mutolaa