Samarqandda ko‘chma fotoko‘rgazma

Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi ko‘chma fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan uchrashuvda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Isroil Jabborov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili o‘rinbosari Yoqub Mansurov hamda milliy madaniyat markazlari rahbarlari so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
— Bu yettinchi viloyatda tashkil etgan ko‘rgazmamiz, — deydi I.Latipov. — Tadbir avval viloyat, keyin tuman va mahallalar kesimida o‘tkazilib, barcha fuqarolar qamrab olinadi. Maqsadimiz aholining ogohligini oshirib, ularda ijtimoiy illatlar va har xil buzg‘unchi g‘oyalarga immunitet shakllantirish.