Saudiya Arabistonidagi YTHda 30 dan ortiq ziyoratchi halok bo‘ldi
- 17.10.2019 10:32
- 193
- Xorij
Kecha, 16 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida YTH oqibatida 36 ziyoratchi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Politsiya, o‘z navbatida, 35 kishining o‘limini tasdiqladi.
“Ar-Riyod” nashrining ma’lum qilishicha, voqea Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari ziyoratchilari kichik Haj – Umra ziyoratiga ketayotganda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, butunlay yonib ketgan.
Avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. To‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 27 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 32 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi