Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shaxs nomi va uning unvoni asosida hosil bo‘lgan qishloq

Badal – Toyloq tumanidagi qishloq.

Bu qishloq 1904–1905 yilgi aholi punktlari ro‘yxatida Badalqorovulbegi deb qayd qilingan. Badal - shaxs ismi va «qorovulbegi» so‘zlaridan yasalgan. Qorovulbegilar harbiy tabaqaga mansub amaldorlar bo‘lib, ularning qo‘l ostidagi kishilarning bir turi harbiy yurishlar davrida xon o‘rdasini qo‘riqlagan va «keshik qorovul» deb yuritilgan. Ikkinchi bir turi asosiy qo‘shindan oldinda yurib, dushmanning xatti-harakatlari haqida markazga xabar yetkazib turgan, ya’ni xabarchi vazifasini bajargan.

Badalqorovulbegi toponimi mazkur qishloq bilan bog‘liq shaxs nomi va uning unvoni asosida hosil bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan unvon talaffuzda tushib qolib, Badal so‘zi qishloq nomi bo‘lib qolgan.