ShHTga a’zo davlatlarning "Samarqand - 2022" xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi

Simpoziumni Turizm va madaniy merosi vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga tayergarlik jarayonida, "Samarqand ruhi" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan Samarqand shahridagi Vatanparvar bog‘ida tashkil etildi.

Simpoziumda Eron, Hindiston, Qozogiston, Gruziya kabi davlatlarning hamda respublikamizning mahoratli haykaltaroshlari ishtirok etyapti.

- Shu paytgacha o‘ndan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etganman, - deydi Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan haykaltarosh Tamila Mamatova. – Tarixiy shahar – Samarqandda tashkil qilingan bu ko‘rgazma menda katta taassurot qoldiryapti. E’tiborlisi, bizning shu yerda yaratgan asarlarimiz ShHTning Samarqand sammitidan esdalik sifatida qoladi.

Simpozium 10 sentyabrgacha davom etadi.