Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Sudlarning moliyaviy mustaqilligi odil sudlovning muhim kafolati sanaladi

Sudlar faoliyatini moliyalaştirişning alohida qonun bilan tartibga solinişi, avvalo, odil sudlovning institutsional mustaqilligini taʼminlaş hamda sudlar uçun barqaror moliyaviy şaroit yaratişga qaratilgan muhim huquqiy qadamdir.

Har qanday demokratik va huquqiy davlatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda jamiyatda adolatni qaror toptirişda sud hokimiyati alohida örin tutadi. Zero, mustaqil sud hokimiyatisiz qonun ustuvorligi va huquqiy davlatni tasavvur etib bölmaydi.

Fuqarolarning huquqlari, mulk daxlsizligi, tadbirkorlik subʼyektlarining qonuniy manfaatlari himoyasi, davlat organlari qarorlari ustidan samarali sud nazorati köp jihatdan sudning mustaqil faoliyat yuritişiga boğliq. Bunda sudyaning taşqi taʼsir va bosimlardan xoli bölişi bilan bir qatorda, sud hokimiyatining moliyaviy mustaqilligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Çunki sud binolari, zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron sudlov infratuzilmasi, sudyalar va sud apparati xodimlarining munosib moddiy taʼminoti odil sudlovni samarali amalga oşirişning zarur şartlaridir. Yetarli moliyaviy resurslar bölmasa, hatto mukammal protsessual normalar ham amaliyotda kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Şu maʼnoda, sudlarni moliyalaştiriş masalasi oddiy byudjet xarajatlari emas, balki sud hokimiyati mustaqilligi, inson huquqlarining işonçli himoyasi va fuqarolarning odil sudlovga bölgan işonçini taʼminlaş bilan bevosita boğliqdir.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 140-moddasiga muvofiq, sudlar faoliyatini moliyalaştiriş faqat Davlat byudjetidan amalga oşiriladi va odil sudlovni töliq hamda mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini taʼminlaşi kerak.

Bu borada 2026 yil 11 sentyabrdagi ÖRQ-1177-sonli «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi Qonun alohida ahamiyatga ega. 14 moddadan iborat mazkur Qonun sudlar faoliyatini moliyalaştiriş prinsiplari, manbalari, byudjet jarayoni, mablağlarni taqsimlaş va tasarruf etiş tartibini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadi sud hokimiyati organlarining mustaqil faoliyat yuritişi uçun zarur moliyaviy va taşkiliy şart-şaroitlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaşdan iborat.

Moliyalaştirişning asosiy prinsiplari

Qonunning 3-moddasida sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştirişning asosiy prinsiplari belgilangan. Bular — qonuniylik, oçiqlik, şaffoflik, odil sudlovni taʼminlaş uçun moliyaviy resurslarning yetarliligi va sudlar faoliyatining moliyaviy mustaqilligidir.

Qonunning 4-moddasiga köra, sudlar faoliyati faqat Davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriladi. Navbatdagi yil uçun Davlat byudjeti töğrisidagi qonunda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi faoliyati uçun zarur mablağlar nazarda tutiladi.

Bunda moliyalaştiriş odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini taʼminlaşi lozim.

Sudlarning moliyaviy taʼminoti faqat sudyalar va xodimlarning iş haqi bilan çeklanmaydi. Sud binolari, majlis zallari, hujjatlarni saqlaş joylari, elektron hujjat aylanişi, videokonferensaloqa, axborot tizimlari, xavfsizlik va transport taʼminoti ham muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etiş sud işlarini tezkor va qulay köriş, fuqarolarning odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Şu nuqtai nazardan, yangi Qonun bilan «Sudlar töğrisida»gi Qonunning 90-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unda sudlar faoliyatini moliyalaştiriş tartibi alohida qonun bilan belgilanişi, şuningdek, har bir sud alohida bino, qöriqlaş va avtotransport bilan taʼminlanişi nazarda tutilgan.

Uşbu talablarni amalga oşirişda sudlarning hududiy joylaşuvi, iş hajmi, mavjud infratuzilmasi va real ehtiyojlarini hisobga oliş muhimdir. Sud binolari nafaqat mavjud bölişi, balki xavfsiz, foydalanişga qulay va zamonaviy talablarga javob berişi kerak.

Jumladan, nogironligi bölgan şaxslar uçun zarur şaroitlar yaratilişi, axborot texnologiyalari va energiya samaradorligiga ham eʼtibor qaratilişi lozim.

Sudyalar va sud xodimlarining moddiy taʼminoti

Sudyaning mustaqilligi uning faqat protsessual-huquqiy maqomi bilan emas, balki kasbiy faoliyati uçun zarur moddiy va ijtimoiy kafolatlar bilan ham belgilanadi.

Qonunning 5-moddasida sudlar faoliyatini moliyalaştirişning öziga xos xususiyatlari mustahkamlangan. Unga köra, Davlat byudjeti töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqişda sudyalar va sud apparati xodimlarining iş haqi, rağbatlantiruvçi tölovlar, sudlarning moddiy-texnika taʼminoti, şuningdek, sudyalar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş xarajatlari inobatga olinişi kerak.

Qonunçilikka muvofiq, sudyalar va sud apparati xodimlariga pul mukofotlari hamda bir martalik moddiy yordam uçun mablağlar ajratiladi.
Şuningdek, sudlar faoliyatini taʼminlaş uçun navbatdagi moliya yilida ajratiladigan mablağlar, qoida tariqasida, ötgan moliya yilidagi mablağlardan kam bölmasligi belgilangan. Davlat byudjeti daromadlari prognozining ijrosidan kelib çiqib, sudlar faoliyatini moliyalaştiriş xarajatlarini kamaytirişga yöl qöyilmaydi.

Sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnatiga haq tölaş hamda ularni moddiy rağbatlantiriş tartibi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Mazkur normalar sudyalar va sud xodimlarining öz kasbiy vazifalarini barqaror hamda samarali bajarişi uçun zarur moddiy şaroitlarni yaratişga qaratilgan.

Byudjet mablağlarini şakllantiriş va taqsimlaş tartibi

Qonunning 6-moddasida sudlar faoliyatini moliyalaştiriş böyiça byudjet sörovlarini tayyorlaş tartibi belgilangan. Unga muvofiq, tegişli byudjet sörovlari Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi va Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlaş departamenti tomonidan tayyorlanadi.

Agar byudjet sörovlari böyiça kelişmovçiliklar yuzaga kelsa, Hukumat tomonidan byudjet loyihasiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşining takliflari ilova qilinadi.

Byudjet loyihasini şakllantirişda odil sudlov uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, sudyalar va sud apparati xodimlarining moddiy taʼminoti, Departament faoliyati, sudyalar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, sudyalar xavfsizligini taʼminlaş hamda sudlarni zarur resurslar bilan taʼminlaş xarajatlari hisobga olinişi lozim.

Qonunning 7-moddasida esa sudlar va tegişli organlarning byudjet loyihasi muhokamasida iştirok etişi nazarda tutilgan. Xususan, Oliy Majlis palatalaridagi muhokamalarga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi va Departament vakillari taklif etilişi mumkin.
Qonunning 8-moddasi sudlar faoliyati uçun ajratilgan mablağlarni taqsimlaş tartibini belgilaydi. Unga köra:

Konstitutsiyaviy sud uçun ajratilgan mablağlarni Konstitutsiyaviy sudning özi;

Oliy sud uçun ajratilgan mablağlarni Oliy sudning özi;

Sudyalar oliy kengaşi uçun ajratilgan mablağlarni mazkur Kengaşning özi;
harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, tumanlararo, tuman va şahar sudlari uçun ajratilgan mablağlarni Departament taqsimlaydi.

Mablağlarni tegişli daraja va yönalişlar böyiça taqsimlaş tartibi Konstitutsiyaviy sud majlisida, Oliy sud Plenumida va Sudyalar oliy kengaşi majlisida tasdiqlanadi.

Qonunning 9-moddasiga muvofiq, sudlar faoliyati uçun ajratilgan mablağlar Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi tomonidan qonunçilikka muvofiq mustaqil ravişda tasarruf etiladi.

Xulosa

Odil sudlovning moliyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlaş sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, qonun ustuvorligini qaror toptiriş va inson huquq hamda erkinliklarini samarali himoya qilişning muhim şartlaridan biridir.

Şu bois sudlarning moliyaviy mustaqilligini kafolatlaş davlatning konstitutsiyaviy-huquqiy siyosatida ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, yangi Qonun sud tizimini moliyalaştirişning aniq va samarali mexanizmlarini joriy etiş, byudjet mablağlaridan maqsadli hamda şaffof foydalaniş, sudlarning moliyaviy ehtiyojlarini öz vaqtida qondiriş orqali sud hokimiyatining mustaqilligini amalda taʼminlaşga xizmat qiladi.

Eng muhimi, sudning moliyaviy mustaqilligi şunçaki iqtisodiy masala emas, balki fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda odil sudlovga bölgan işonçini taʼminlovçi muhim kafolatdir.

Ş. Rözinazarov,

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Konstitutsiyaviy qonunçilikni tahlil qiliş bölimi boşliği, yuridik fanlar doktori, professor.