Tanqiddan so‘ng: Temur Malik ko‘chasi obodonlashtirilishi ma’lum qilindi

Bugun Zarnews.uz saytida "Temur Malik ko‘chasi e’tiborga muhtoj" sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Samarqand shahar hokimligi maqolada tilga olingan holat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda ko‘chada obodonlashtirish ishlari davom etmoqda:
“Ushbu maqolada keltirilgan holat shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, zovurlardagi chiqindilarni tozalash, yo‘l bo‘yidagi chiqindi uyumlarini olib tashlash kabi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ko‘chani to‘liq obodonlashtirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Hozirda ushbu ko‘chadagi obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi munosabatda.