Toyloqda Xotin-qizlar kuni munosabati bilan chekka hududlarda yashovchi bir guruh ayollar uchun bayram tashkil etildi

Bayram dasturxoniga mahallalardagi mehnatkashlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bekalari, fermer xo‘jaliklarda, obodonlashtirish boshqarmasida, zavod-fabrikalarda mehnat qilayotgan ayollar, onaxonlar taklif etildi.

Bayramlarga boy bo‘lgan go‘zal bahor faslining ilk ayyomi ko‘tarinki ruhda, shodu xurramlikda nishonlandi. Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarga tuman hokimining bayram sovg‘asi topshirildi.