Turdimov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uyiga bordi
- 29.12.2021 17:31
- 98
- Samarqand

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Aybek Saidov, harbiylar va jamoatchilik vakillari Samarqand shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Mixail Kolmogorov va Safiya Pogrebovalarning xonadonlarida bo‘lib, ularni Yangi yil bilan tabrikladi.
Viloyat hokimi otaxon va onaxonga Prezident tomonidan yo‘llangan tabrikni o‘qib berib, tantanali ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga viloyat hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining sovg‘alari va dori-darmon uchun sertifikatlari berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat