Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi 27-aprelga chaqirildi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov qaror qabul qildi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat sudi raisi O.Hayitovning “Viloyat sudining 2021-yilning I choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlari to‘g‘risida”gi axboroti;
- viloyat hokimining iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov, viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 2020-yil yakuni bo‘yicha viloyatlar byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi SQ-249-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti;
- viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning “Mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevaning “Viloyatdagi xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning “Soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- boshqa masalalar.