15 oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilishi to‘g‘rimi?

➖ Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

Bir narsani unutmaslik kerak, “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning xatti-harakatlarimizga bog‘liq. Agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmasdan, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yib, mutaxassis-shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lumot berdi.