Moskvada qisman lokdaun e’lon qilindi
- 22.10.2021 12:21
- 50
- COVID-19
Koronavirus bilan kasallanish keskin oshgani sababli Rossiyada 28 oktyabrdan 7 noyabrgacha "poytaxtda ishlamaydigan kunlar" deb e’lon qilindi. Bu haqda o‘z saytida Moskva meri Sergey Sobyanin yozdi.
Xususan, savdo, xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, sport, madaniyat, dam olish, ko‘ngilochar, kinoteatr va boshqa korxona va tashkilotlar ishi to‘xtatildi, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa zarur tovarlar faoliyati bundan mustasno.
So‘nggi haftalarda mamlakatda COVID-19 kasalligi va o‘lim holati bir haftadan buyon rekord darajada turibdi. Bir sutkada 36 mingdan ortiq odam kasallandi, 1036 kishi vafot etdi. Mamlakatda pandemiya davrida 227 mingdan ortiq odam koronavirus qurboni bo‘ldi.
47,5 milliondan ortiq kishi emlashning to‘liq kursini tamomlagan - bu mamlakat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa