Moskvada yuzlab muhojirlar armiyaga chaqirildi

Yaqinda Rossiya pasportini olgan 350 dan ortiq fuqaro Moskva oblastida o‘tkazilgan reydlardan so‘ng armiya safiga jo‘natildi. Bu haqda Baza telegram kanali ma’lum qildi. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatdan bosh tortganlarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi rahbarlarining buyrug‘i bilan 1-oktyabr kuni boshlangan. Avvalo, militsiya xodimlari yaqinda pasport olgan va harbiy ro‘yxatda bo‘lmagan fuqarolarga qiziqish bildirmoqda. Ular militsiya bo‘limlariga olib boriladi, so‘ngra harbiy ro‘yxatga olish va chaqiruv bo‘limlariga o‘tkaziladi.