«Moskva so‘ragan uchrashuv": Trampning maxsus vakili Uitkoff 6 yoki 7 avgust kunlari Rossiyaga boradi

"Menimcha, kelasi hafta, chorshanba yoki payshanba kuni Vitkoff Rossiyaga ketishi mumkin. Ular bu uchrashuvni so‘rashdi. Shunday ekan, nima bo‘lishini ko‘ramiz", dedi  Donald Tramp jurnalistlarga.

Bu Uitkoffning Rossiyaga beshinchi tashrifi bo‘ladi. U fevral, mart oylarida va ikki marta aprelda Vladimir Putin bilan uchrashish uchun kelgan.

Tramp yana nima dedi:

✹ Sanksiyalar bo‘ladi. "Ular sanksiyalarni juda yaxshi, ustalik bilan aylanib o‘tishmoqda. Shuning uchun nima bo‘lishini ko‘ramiz".

✹ AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev bilan munozarani davom ettirar ekan, uning ritorik tahdidlariga javoban Amerikaning ikkita yadroviy suv osti kemasini Rossiyaning “tegishli hududlar”ga jo‘natishini aytdi. Ammo bular aynan qaysi hududlarligi noma’lum.

Bir necha kun oldin Donald Tramp va Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy bahsga kirishdi. Oq uy rahbari rossiyalik siyosatchiga «og‘ziga qarab gapirish»ni maslahat berdi va “xavfli hudud”ga kirib borayotganiga shama qildi. Bunga javoban Medvedev Amerika rahbariga “yurayotgan o‘liklar” haqidagi serialni qayta ko‘rishni maslahat berdi va “O‘lik qo‘l”ni eslatdi.

Medvedev "O‘lik qo‘l" haqida gapirganda, ehtimol, "Perimetr" tizimini nazarda tutgan. "O‘lik qo‘l" - AQSh va Yevropa davlatlari Sovet Ittifoqi davrida yaratilgan ommaviy  yadroviy javob zarbasini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi. Buni shunday deb atashadi. U yadroviy urush paytida qo‘mondonlik markazlari to‘satdan yo‘q qilingan taqdirda hujumni tashkil etishga qodir.