Shanxay nega qat’iy karantinga qaytmoqda?
COVID-19 infeksiyasining ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy yana pandemiyaning kuchli to‘lqini bilan yuzlashmoqda. Bu yerda sayyoramiz aholisining qariyb beshdan bir qismi yashashini inobatga olsak, mamlakatda kasallikning keng tarqalishi xavotirli oqibatlarni keltirib chiqarishi, shubhasiz.
Shu sababli Xitoy hukumati karantin cheklovlarini kuchaytirishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Xitoyda tarqalayotgan SOVID-19 infeksiyasining katta qismini “omikron”ning yangi — BA.2 mutatsiyasi tashkil etmoqda. Biroq ushbu variant ko‘p hollarda “yashirin” alomatlar bilan kechishi tufayli mahalliy hukumat ularni rasmiy statistik ko‘rsatkichlarga kiritmayapti.
Masalan, yakshanba kuni Shanxayda PZR testini topshirgan 3500 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shundan 50 nafarida SOVID-19ning yaqqol alomatlari aniqlangan. Kasallik belgilari kuzatilmagan holatlar esa tasdiqlangan ro‘yxatga qo‘shilgani yo‘q.
Butun mamlakat miqyosida olganda ham vaziyat shunday. Ya’ni, yakshanba kuni Xitoyda kunlik kasallanishlar soni 1,2 mingga yaqinlashgan. Biroq amalda yana 5 mingga yaqin kishida simptomsiz infeksiyalar qayd etilgan.