18 yoshga to‘lmaganlarni novvoy yoki naqqosh sifatida ishlatish mumkin emas

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.

Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023 y.) tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:

- Ko‘mirni boyitish apparatchisi;

- Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;

- Yer osti kon ishchisi;

- Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;

- Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;

- Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;

- Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;

- Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;

- Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;

- Tibbiy preparatlarni dozalovchi;

- Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;

- Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;

- Gipsni qizdiruvchi;

- Asfaltbetonchi;

- Novvoy;

- Xamir qoruvchi;

- Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;

- Muzqaymoq tayyorlovchi;

- Naqqosh;

- Yo‘lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;

- Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.