2024 yilning eng kulgili yovvoyi tabiatfotosuratlari

Hayvonlar nihoyatda maftunkor va kulgili bo‘lishi mumkin. Har yili «Nikon Comedy Wildlife Awards»yillik tanlovi buni tasdiqlab keladi. Qushlar, qurbaqalar, olmaxon, beshiktebratar va boshqalar - bu suratlar, albatta, sizni befarq qoldirmaydi va ularga qanchalik qaramang, sizni tabassum qilishga majbur qiladi.

«Nikon Comedy Wildlife Awards» yillik mukofot ishtirokchilari o‘tgan yilda deyarli yuz mamlakatdan rekord miqdordagi mingdan ortiq fotosurat yuborishdi. Eng yaxshilari Sputnik Belarus fotogalereyasida.

Italiyalik fotograf Milko Markettining “Qisilib qolgan olmaxon” ishi 2024 yildagitanlov g‘olibi deb topildi.

«Hasharotlar» nominatsiyasi bo‘yicha Xose Migel Gallego Molina «Flamenko» surati bilan tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Kadrdagi asosiy rolda bir nimadandir juda xursand beshiktebratar bor.

Sudralib yuruvchilar toifasida nemis fotografi Eberxard Emkening “Havo sharidagi qurbaqa” ishi eng yaxshi asar deb topildi.

Damyan Petkovning “Oqyonoq qushning qo‘nish paytidagi halokati” surati “Qush” nominatsiyasidagi eng yaxshi surat bo‘ldi.

Pshemislav Yakubchikning “Kutilmaganda rollarning o‘zgarishi” “film”i “Baliq va boshqa suv hayvonlari” nominatsiyasida eng yaxshi suratga tushirilgan lahza deb topildi.

O‘smirlar nominatsiyasida “Mehribon boyo‘g‘li jo‘jalari” surati hindistonlik fotosuratchi Sartak Ranganadxonga g‘alaba keltirdi.

Kingston Tem “Yosh fotograf” (25 yoshgacha bo‘lganlar) nominatsiyasida o‘zining “Noo‘ng‘ay Baqa” surati bilan g‘olib chiqdi.

“Xalq tanlovi” mukofoti “G‘aflatdan chiq, jonlan va samoga uch!” suratini olishga muvaffaq bo‘lgan finlandiyalik fotograf Tapani Linnanmakiga topshirildi.

Va nihoyat, 10 yoshli britaniyalik Flinn Taytanunde-Lobbaning “Musiqaga mos raqs, rok gitara, taslim bo‘lmas va og‘irlikni ko‘tarish” yo‘nalishlari “Portfolio” nominatsiyasidagi eng yaxshi suratlar deb topildi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.