24 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuqoridagi holat fosh etilgan. 1974 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. o‘zining yaqin aloqadagi hamtovog‘i bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda u va uning qarindoshini Kanada davlatiga yuborishni va’da qilgan hamda ushbu "xizmatlari" evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming AQSh dollaridan jami 24 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.
J.Sh. ushbu so‘ralgan pulning bir qismini, 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilllar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.