28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi, bir qator tuman hokimlari ishdan olinadi
- Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishayapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etayapti, - dedi davlatimiz rahbari yig‘ilishda .
Bunga munosib hissa qo‘shayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.
Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.