Samarqandda 9 oyda 2,5 ming nafardan ziyod haydovchi mast holda transport vositasini boshqargani uchun javobgarlikka tortilgan
Viloyat ma’muriy sudi raisi Botirali Diyorovning ma’lumot berishicha, joriy yilning 9 oyida transport vositalarini mast holda boshqarishga oid 2520 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 1144 nafar shaxsga transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishiga oid ish bo‘yicha ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.
Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanishga oid ishlar bo‘yicha 3 257 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Hisobot davrida 172 nafar shaxs transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishiga oid ishlar bo‘yicha ma’muriy jazo belgilangan.
Jismoniy va yuridik shaslarning murojaatlariga befarq bo‘lgan 217 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, o‘tgan yilning shu davrida bu raqam 78 nafarni tashkil qilgan.
Elektr va issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzgan 760 nafar nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan. Bu ko‘rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 9 foizga ko‘paygan.