Mast holda avtomashina boshqarib jazolanganlarning 179 nafari pensioner
- 11.10.2022 10:22
- 162
- Samarqand
Viloyat sudi raisi o‘rinbosari Tolib Boyzoqovning ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida viloyat sudi tizimida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) bilan bog‘liq 3416 ta ish 3474 nafar shaxsga nisbatan ko‘rib tamomlangan. 3054 nafar shaxsga jarima, 363 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Mast holatda avtomashina boshqarib, ma’muriy jazo olganlarning 40 nafari ayollar, 3 nafari voyaga yetmaganlar hamda 179 nafari 60 yoshdan oshganlar ekanligi aniqlangan.
Mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagani (MJtKning 136-moddasi) uchun ma’muriy jazo olganlarning 6 nafari ayollar hamda 64 nafari 60 yoshdan oshganlardir.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Galaktika sirlari yoxud quyosh eng katta yulduzmi?
- 58 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Ijtimoiy xizmat qachon, qanday rivojlanadi?
- 1 soat avval
- Jamiyat
Kamikadze qanday paydo bo‘lgan?
- Kecha, 18:46
- O'qing, qiziq!