Adliya ommaviy sayyor qabullarda

Jomboy tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorov ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Tadbirda  kommunal soha, kadastr, bandlik, uy-joy, tadbirkorlik, fuqarolik holati dalolatnomalari va boshqa sohalardagi huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. 11 nafar fuqaroning subsidiya ajratish bo‘yicha murojaati asosida shu yerning o‘zida Davlat xizmatlari markazi xodimlariga ariza topshirdi. 6 nafar fuqaroning mehnat nizosi bo‘yicha va 1 nafar tadbirkorning shartnomadagi pul mablag‘larini undirish bo‘yicha murojaati ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

***

Oqdaryo tumani 14-musiqa va san’at maktabida ham sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Kurbonov hududda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlari, FHDYo, notarial va adliya tizimi bilan bog‘liq hamda boshqa huquqiy muammolari, taklif va savollarini tingladi. Qabulda fuqarolardan 15 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 6 tasi ijroga qaratilib, 8 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Sayyor qabullar davom etmoqda.

Mansur HASANOV, viloyat adliya boshqarmasi xodimi.