Alisher Navoiyning Samarqanddagi hayoti va o‘limi tafsilotlari “Latoifnoma”da keltirilgan

Ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida gap ketganda shoirning Samarqandda yashagan davri alohida tilga olinadi. Bu haqda tarixiy asarlarda alohida bo‘lim yoki hikoyatlar keltiriladi.

Xususan, Faxriy Hirotiyning “Latoifnoma” asarini ham shunday tarixiy asarlardan biri deyishimiz mumkin. Asar Alisher Navoiyning forsigo‘y xalqlar orasida mashhur bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur asar aslida “Majolisu-n-nafois”ning fors tiliga qilingan tarjimasidir. Asarning muallif tomonidan qo‘shimcha tarzda kiritilgan 9-majlisi bevosita hazrat Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. “Latoifnoma”da buyuk shoirning ota-bobolari, Sulton Husayn Boyqaro bilan bolalikdan davom etib kelgan do‘stlik rishtalari, Navoiyning Samarqanddagi hayoti, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, mol-davlati hajmi, vafoti tafsilotlari bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Faxriy buyuk shoir asarlaridan 14 tasi nomini ham sanab o‘tadi.

Nargiza Sharipova,
Registon ansambli gid-ekskursovodi.