Samarqandlik 6 nafar pedagog va ta’lim homiysi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni qabul qildi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagog va ta’lim homiylari mukofotlandi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan
Boyqobilova Lobar Toshtemirovna - Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Xushmatov Raxmatullo Rabbimovich - Samarqand shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Kazimova Roxila Rozikovna - Tayloq tumanidagi 41-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Xasanov Baxtiyor Temirovich - Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Salomov Umid Firdavsiyevich - Samarqand shahridagi «Anvar Zamon Nur» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Temirov Anvar G‘ayrat o‘g‘li - Samarqand shahridagi «Yuksalish quruvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati