Almazbek Atamboyev hukumatga taslim bo‘ldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev “silovik”larga taslim bo‘ldi, uni Qo‘ytosh qishlog‘idagi qarorgohidan IIVga olib ketishdi. Bu haqda 24.kg nashri xabar bermoqda.
Hukumatning maxsus kuchlari 8 avgust kuni sobiq prezidentning qarorgohiga ikkinchi marta hujum uyushtirdi va uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Atamboyev taslim bo‘ldi. 2 ming jangchi ishtirok etgan amaliyotni IIV rahbari Qashg‘ar Junusaliyev shaxsan boshqargan.
Sobiq prezidentning safdoshlari bilan hukumat kuchlari to‘qnashuvida yana besh kishi jabrlangan. Kechagi to‘qnashuvlarda 50 kishi jarohat olgan, bir kishi (kechki hujumda ishtirok etgan maxsus askar) o‘lgan edi.
Bo‘layotgan voqealar deb Jeenbekov bir haftalik ta’tilini, deputatlar esa kanikulini to‘xtatdi. Favquloddagi parlament yig‘ilishida Jeenbekov avval guvoh sifatida jalb qilinayotgan Atambayev endi o‘ta og‘ir jinoyatlarda (odam o‘ldirish, hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatish, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishda) ayblanayotganini aytgan.