Sud Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan tayinlangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi

Bishkek shahar sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan iyun oyida tayinlangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudi 23 iyun kuni Atambayevga nisbatan 11 yil ikki oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan edi. Atambayev korrupsiyada va jinoyat olamida mashhur bo‘lgan Aziz Batukayevni noqonuniy ozodlikka chiqarganlikda aybdor deb topildi. Himoya va qoralovchi tomon yuqori turuvchi tashkilot - Bishkek shahar sudiga sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat bilan murojat qilgan edi.
“Sudyalar tarkibi Pervomayskiy tuman sudi chiqargan hukmni o‘z kuchida qoldirdi”, - ta’kidladi RIA Novosti bilan suhbatda bo‘lgan sud vakili.