AQShda tornado va dovul qurbonlari soni 22 kishiga yetdi
- 30.05.2024 13:32
- 44
- Xorij
Tabiiy ofat tufayli mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.
Bu haqda Turkiyaning Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
AQShning to‘rtta shtatida kuchli tornado va dovul qurbonlari soni 22 kishiga yetdi. Tabiiy ofat Arkanzas, Kentukki, Oklaxoma va Texas shtatlarida yuz berdi.
Kentukki gubernatori Endi Besher matbuot anjumanida tabiiy ofat oqibatida shtatda 5 kishi halok bo‘lganini aytdi. Rasmiylar, shuningdek, Arkanzasda 8, Texasda 7 va Oklaxomada 2 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden X ijtimoiy tarmog‘idagi postida tabiiy ofatda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Xazina. Hikoya
- Kecha, 21:14
- Mutolaa
Urgut kashtalariga xorijda xaridor ko‘p
- Kecha, 15:05
- Madaniyat