Argentinada karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
- 10.07.2020 22:05
- 68
- Xorij

Argentinaning bir qancha hududida hukumat qarorlariga va karantinga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TN telekanali xabar berdi.
Eng ko‘p norozilik namoyishlari mamlakat poytaxti Buenos-Ayresda kuzatildi. Boshqa hududlardan farqli o‘laroq, Argentina poytaxti 112 kundan buyon qat’iy karantinga olingan.
Bundan tashqari, mamlakatning Tukuman, Mendosa, Neuken, Santa-Fe, San-Xuan, Kordova kabi provinsiyalarida ozodlik uchun va korrupsiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
9 iyul kuni Argentina mustaqillik bayramini nishonladi. Shu sababdan aynan bayram kuni odamlar qo‘llariga bayroq olib ko‘chaga chiqdilar va hukumatdan ularning huquqlarini hurmat qilishini talab qilishdi.