Argentinada soliq xizmati tugatiladi
- 23.10.2024 15:01
- 151
- Xorij
Argentinada Federal daromadlar boshqarmasi (AFIP) tugatilmoqda. Tegishli qarorni mamlakat prezidenti Xaver Miley ma’muriyati e’lon qilgan. Biroq, soliq nazorati butunlay yo‘qolmaydi. Oldingi ma’muriyat o‘rniga Daromadlar va bojxona nazorati agentligi tashkil etiladi.
Eski soliq xizmati bilan taqqoslaganda, yangi agentlik soddalashtirilgan tuzilishga ega bo‘ladi. Uning xodimlari soni 34 foizga kam bo‘lishi oqibatida 3,1 mingdan ortiq kishi ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda. Boshqaruv lavozimlari soni ham qisqaradi. Natijada yiliga taxminan 6,5 million dollar byudjet tejalishi kutilmoqda. Qolgan xodimlarning maoshi ko‘tariladi.
Teglar:
Argentina