Askarlar senatorga harbiy qurol-aslaha va ularni qo‘llashdagi jangovar mahoratlarini namoyish etdi

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan  Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarlariga qarashli kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug madaniyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev, O‘zbekiston Jurnalistldar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Akram Haydarov, yozuvchi va shoirlar harbiy xizmatchilar, Qurolli kuchlar faxriylari hamda harbiy xizmatga qiziquvchi yoshlar bilan dildan suhbatlashdi.

Uchrashuvda keyingi yillarda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shiroitlar va imkoniyatlar kengayayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Harbiy xizmatchi bo‘lish naqadar sharafli va, albatta, mas’uliyatli kasb ekanligi ta’kidlandi. Harbiy sohada olib borilayotgan odilona siyosat, harbiy boshqaruv, O‘zbekiston Respublikasi armiyasining kuch-qudrati va salohiyati xususida ham so‘z yuritildi.

-  Har qanday ijodkor armiya va xalq o‘rtasidagi ko‘prik, - dedi F.Toshev. - Shu jihatdan harbiylar orasida ham ijod bilan mashg‘ul bo‘ladiganlar talaygina ekanligi meni quvontirdi. Chunki qaysi sohada bo‘lmang, albatta, kitob o‘qisangiz, mulohaza yuritsangiz, tahlil qilsangiz, shunda ishingiz ham osonlashadi, ham tajribangiz ortadi.    

Albatta, bu kabi uchrashuvlar harbiy xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi barobarida ko‘ngil tayyorgarligi hamda ma’naviy salohiyati yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda faol bo‘lgan askarlarga ijodkor tomonidan kitob sovg‘a qilindi.

Tashkil etilgan harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy orkestrlar chiqishi ham uchrashuvning mohiyatini yanada ochib berish barobarida mazmunini to‘ldirdi. Ishtirokchilar kursantlar va harbiy xizmatchilar uchun yaaritilgan o‘quv taktik mashg‘ulotlar xonalarida ham bo‘lishdi. 

Uchrashuv davomida F.Toshev harbiylar hayoti bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni aytib berdi.

Husan ELTOYeV.