Atambayev tergov hujjatlariga imzo chekishdan bosh tortdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tergov hujjatlariga imzo qo‘ymadi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev xabar berdi deb yozmoqda RIA Novosti.

U gumondorlik bildirishnomasi, so‘roq bayonnomasi, ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruqqa, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjatlarga imzo qo‘yishdan bosh tortdi.

Shuningdek advokat, o‘z himoyasi ostidagi Atambayevni tungi soat birlarga yaqin ko‘rganini aytgan. Ular so‘zlashishgan, keyin tergov jarayoni boshlangan. Slesarev  Atambayevning “kayfiyati yaxshi, xotirjam va o‘zini qo‘lga olgan” deb qo‘shimcha qilgan.  

Biroz oldinroq, sobiq prezident tergov izolyatoriga (SIZO) 26 avgustgacha joylashtirilgani haqida ma’lum qilingandi. U hozirda “kriminal avtoritet” Aziz Batukayevni noqonuniy qamoqdan ozod qilganligi  ishi bo‘yicha so‘roq qilinmoqda.