Belarusning Yevropa Ittifoqi bilan chegarasida vaziyat keskinligicha qolmoqda
Polsha-Belarus chegarasida keskinlik kuchaymoqda. Polshaning Cheremxa qishlog‘i yaqinidagi chegarada muhojirlar guruhi Belarus tomondagi sim to‘siqni buzib o‘tishga uringan. Polsha askarlari bu urinishni muvaffaqiyatli bartaraf etishdi.
Belarus askarlari esa muhojirlarga yordam berayotgani kuzatilgan.
Hozirda mavjud vaziyat tufayli chegarada Polsha askarlarining soni 15000 nafarga yetdi.
Belarus hukumati muhojirlar lageriga yordam, jumladan, chodir va isitish moslamalarini yetkazib berayotganini aytdi. Bu esa Yevropa Ittifoqi chegaralarida ushbu stixiyali holatdan deyarli doimiy holga aylanishi ehtimoli katta.
Litva davlat chegara xizmati 70 ga yaqin muhojir Belarus tomonidan chegara bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Guruh Litvani Belarusdan ajratib turuvchi Nachka daryosi bo‘ylab bir qancha kilometrni piyoda bosib o‘tgan bo‘lsa-da, chegarani kesib o‘tishga urinmagan.
Muhojirlar so‘zlaridan kelib chiqib chegarachilarning ta’kidlashicha, ularni Polsha bilan chegaradan bu yerga Belarus rasmiylari olib kelgan.
Yevropa Ittifoqi Minskni inqirozni ataylab kuchaytirganlikda ayblab, sanksiyalar joriy etishga chaqirmoqda. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, hozirgi vaziyatga urushlardan qochishga majbur qilayotgan aynan G‘arb davlatlari aybdor.