Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Besh yil yer ostida qolib ketgan xitoylik konchi tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi

2003 yilda Xitoyning Szisi shahri yaqinidagi ko‘mir konida to‘satdan sodir bo‘lgan zilzila tufayli konchilar Van Xu va Lao Penlar ishlayotgan shaxtalar ko‘milib qoldi, deya yozadi «Kolmovo.ru» nashri.

O‘n kun davomida yuzlab qutqaruvchi va ko‘ngillilar tomonidan olib borilgan izlash ishlari foyda bermadi. Konchilarning oilasi va yaqinlari ham ularni tirik ko‘rishdan umidlarini uzishdi. Ammo, oradan besh yil o‘tgach, 2008 yilda yo‘qolganlarning biri Van Xu konga tutash bo‘lgan g‘orlardan biridan tirik chiqib keldi. Uning aytishicha, u shu vaqt davomida «buyuk ktonlar» qabilasi bilan yashagan ekan.

Olib borilgan tibbiy tekshiruvlarda uning tanasi ham, aqli ham sog‘lom ekanligi aniqlandi. Eng qizig‘i, unda mavjud konchilarga xos bo‘lgan antrakoz kasalligidan butunlay xalos bo‘lgan. 39 yoshda bo‘lishiga qaramasdan 26-28 yoshli yigitdek baquvvat va sog‘lom ekan. Endilikda Van Xuning yer ostida noma’lum qabila bilan o‘tkazgan besh yillik hayoti xitoylik harbiylarni ham jiddiy qiziqtirib qo‘ydi.

Dil MUROD tayyorladi.