Bog‘cha mudirasi 250 AQSh dollar pora bilan ushlandi
- 03.03.2020 13:41
- 1312
- Jinoyat va jazo
DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 27 fevral kuni soat 15:20 larda Buxoro shahrida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, 34 yoshli R.F. jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
U muassasa oshpazi F.E.ning jiyani D.M.ni tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga 250 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan R.F.ga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ma’naviyat doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim
- 16 daqiqa avval
- Samarqand
Bugun yurtimizga HUT kirdi
- Bugun, 15:06
- Mutolaa
Ma’rifiy targ‘ibot jonli bo‘lsin
- Bugun, 14:58
- Madaniyat