Bolalar salomatligi uchun mas’uliyatli qadam

Ishtixon tumanida bolalar salomatligiga bag‘ishlangan muhim tibbiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Yo.To‘raqulov nomidagi respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali va Samarqand davlat tibbiyot universiteti endokrinologiya kafedrasi xodimlari hamkorligida bolalar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tibbiy ko‘rikda o‘quvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, qalqonsimon bez holati, jinsiy va jismoniy rivojlanishi chuqur tahlil qilindi.
Natijada, bir qator bolalarda o‘sishdan orqada qolish, semizlik, tana vazn yetishmovchiligi, kriptorxizm, ginekomastiya va o‘smir qizlarda balog‘atga yetish davridagi boshqa endokrin muammolar aniqlanib, ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berildi. Ulrga yod tanqislik holatlarining oldini olish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha salomatlik darslari o‘tildi.
Ushbu tadbir Ishtixon tumanidagi barcha maktablarda o‘quv yili tugaguniga qadar bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilab olindi.