Bolalar virusning asosiy tarqatuvchilaridan biri hisoblanadi(mi)?

➖ Koronavirus kasalligi bolalarda ko‘pincha klinik simptomsiz yoki yengil kechar ekan. Bolalar o‘zlarini yaxshi his etsalar, demak, ular atrofdagilar uchun ham xavfsizmi?

Bu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:

➖ Bolalarda koronavirus keltirib chiqaradigan Covid-19 kasalligi ko‘pchilik holatlarda yengil yoki klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) kechsa ham, ular ushbu virusning asosiy tarqatuvchilaridan biri bo‘lishlari va ular o‘z oilalaridagi kattalarga, ayniqsa, xavf ostidagi guruhlardagi qarindoshlariga yuqtirishi va aholi o‘rtasida kasallikning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Olimlarning izlanishlari natijasiga ko‘ra, koronavirus simptomlari bor bolalar organizmlarida virus 20 kun davomida, simptomsiz kechadigan bolalarda esa 14 kun davomida ishlab chiqarib turilgan. Demakki, ular shu  kunlar davomida o‘zlari bilmagan holda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lganlar. Ushbu izlanishlar natijalariga ko‘ra, Koreya davlatida ko‘pgina ota-onalar va o‘qituvchilar kasallikni bolalaridan yuqtirganliklari aniqlangan.

Shu sababli koronavirus tarqalishining oldini olish uchun bolalar qatnaydigan o‘quv muassasalarida tibbiy hamda sanitar-epidemiologik nazoratni kuchaytirishimiz lozim.