Boshqaruvni yo‘qotgan yuk mashinasi balandlikdan 180 metr yurib borib, tog‘ toshlariga urildi

Pop tumanida yuk transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 aprel kuni soat 13:30 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 251-kilometrida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.Yu. “Shacman SX4254” rusumli yuk transport vositasini “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, tormoz tizimidagi nosozlik tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismi chetidagi “favqulodda holat uchun tashkil etilgan avariya yo‘lakchasi”ga chiqib, “Tog‘ Shabodasi” oshxonasi tomon 180 metr masofa harakatlanib, toqqa borib urilgan.

Oqibatda haydovchi A.Yu. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.