Qoidabuzarliklar oqibatida yiliga byudjetga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushmoqda

2024 yilda haydovchilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etilgan.

Bunda 10 va undan ortiq qoidabuzarlik qilgan haydovchilar soni 38 mingdan ziyodni tashkil etgan. 2024 yilda qayd etilgan 9 mingtadan ortiq YTHlarning 46 foizi yil davomida 10 tadan ko‘p qoidabuzarlik qilgan haydovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Respublikada ro‘yxatga olingan 5 milliondan ortiq transport vositalarining 1 milliondan ortig‘i yil davomida umuman qoidabuzarlik qilmagan.
Bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab 2510 ta onlayn ishlovchi statsionar radar va kamera tizimlari faoliyat yuritmoqda, Toshkent shahrida esa bunday qurilmalarning soni 650 tani tashkil etadi.