Jomboyda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTXning sababi aniqlandi
- 12.02.2025 11:46
- 907
- Hodisa
![](https://static.zarnews.uz/crop/b/0/720__80_b0d0d8dbff490faef47f52249483e355.jpg?img=self&v=1739342793)
Kecha, 11 fevral kuni soat 7:00 lar atrofida Jomboy tumani Samarqand mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Zhong tong" rusumli avtobus harakatlanib kelayotib ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasi uchragan.
"Aniqlanishicha, avtobus haydovchisi "Cobalt" rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib yuborgan va tormozni keskin ravishda bosgan, - deyiladi viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida. - Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tibbiyot birlashmasida hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi".
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Glyukometrdan qanday foydalanasiz?
- 1 soat avval
- Salomatlik
Samarqand tajribasi respublikaga namuna bo‘ldi
- 2 soat avval
- Samarqand