Samarqand shahrida mudhish avariya: Avtobus haydovchisi maktab o‘quvchisi o‘limiga sababchi bo‘ldi
- 14.11.2024 14:56
- 714
- Dolzarb
Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, bugun taxminan soat 08:00 larda Samarqand shahrining Kamoliddin Behzod mahallasi hududidan o‘tuvchi Amir Temur ko‘chasida haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan «ISUZU» rusumli jamoat transportini boshqarib borib, 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yaqinida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan F.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 37 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand