Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati  yakunlanadi.

Kun davomida sportchilar chempionlik uchun 200, 500 hamda 5000 metr masofalarda startga chiqadi.

Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham quyidagi 8 masofada medallar uchun bahs olib boradi:

C1 500 metr (ayollar): Dinara Jo‘rayeva

C2 500 metr (mikst): Elyorjon Mamadaliyev, Nilufar Zokirova

C2 200 metr (ayollar): Dinara Jo‘rayeva, Nilufar Zokirova

C1 200 metr (erkaklar): Artur Guliyev

C1 5000 metr (ayollar): Dilnoza Rahmatova

C1 5000 metr (erkaklar): Nurislom To‘xtasin o‘g‘li

K1 5000 metr (ayollar): Shahrizoda Mavlonova

K1 5000 metr (erkaklar): Yaroslav Slavgorodskiy

Ayni paytda final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.