Bugun Payariqda ikkita tibbiy muassasa foydalanishga topshirildi
- 16.04.2022 16:32
- 98
- Samarqand
Tumanning Ko‘lto‘sin mahallasida mahalla tibbiy punkti o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur muassasani tashkil etish yuzasidan tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tgan “Ochiq muloqot”da Prezident topshirig‘i berilgan edi. Ana shu topshiriq asosida qisqa fursatda muassasa faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shu kunning o‘zida tumanda yana bir tibbiy muassasa ochildi. Payariq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining "Turkiston" filiali — “Turkiston” oilaviy shifokorlik punkti maqomini olib, kengaytirilgan tartibda ish faoliyatini boshladi.
Tuman hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari va jamoatchilik ishtirokida tibbiy muassasalarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.