Bugundan subsidiya uchun arizalar qabul qilinadi
- 15.05.2024 13:19
- 271
- Iqtisodiyot

Prezident farmoniga asosan, subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi.
2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.
Teglar:
subsidiya